TDSHU talabalari xorijdagi O’zbekiston elchixonalarida amaliyot o‘tashmoqda
#SDG8
Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida amaliyot o’tash uchun o’tkazilgan tanlov natijalariga ko’ra, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 13 nafar talabalari O‘zbekiston Respublikasining Belgiya, Turkiya, Qatar, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Qozog’iston Respublikasi va Hindiston davlatlaridagi elchixonalarida amaliyot o‘tash imkoniyatini qo’lga kiritishdi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyati talabalarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi hamda ularning kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.