TDSHU talabasi Taekwon-do ITF yo‘nalishida O‘zbekiston kubogi g‘olibi
Joriy yilning 4-5-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Sport vazirligi tomonidan sportning an’anaviy Taekwon-do ITF yo‘nalishida bolalar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik fakulteti koreys filologiyasi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Amir Tenelov 58 kg vazn toifasidagi 2003-1986 yilgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Shuni alohida ta’kidlash joiz-ki, bugungi kungacha Amir Tenelov Taekwon-do sport turining ITF yo‘nalishida 6 karra O‘zbekiston chempioni, 2 karra Osiyo chempioni hamda MDH davlatlari o‘rtasidagi chempionat g‘olibi bo‘lgan.
TDSHU Matbuot xizmati