TDSHU talabasi xalqaro forumda
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Feruza Rahmatova Italiya Respublikasining Rim shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Italiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining II forumida ishtirok etdi.
Feruza TDSHU talabasi sifatida ta’lim diplomatiyasini o‘rganib, forumda media jamoa a’zosi sifatida faol ishtirok etdi.
