TDSHU Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi va rahbariyat tomonidan Ta’lim sifatini ta’minlash va nazorat qilish bo’yicha ekspertlar guruhi uchun yig’ilish o’tkazildi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi va rahbariyat tomonidan Ta’lim sifatini ta’minlash va nazorat qilish bo’yicha ekspertlar guruhi tuzildi hamda 23-sentabr kuni ekspertlar guruhi uchun birinchi yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilish o’quv ishlari bo’yicha prorektor N. Abdullayev tomonidan so’zlangan ta’lim sifatini oshirish to’g’risidagi ma’ruza bilan boshlab berildi. Undan so’ngra, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i S. Maxkamova tomonidan ekspertlarga dars jarayonini qanday kuzatish, mezonlar hamda xolisona baholash haqida tushuntirib berildi.

