TDSHU tayanch doktorantura, doktorantura, mustaqil izlanuvchilik va stajor-tadqiqotchilikka quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
2024-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura, mustaqil izlanuvchilik va stajor-tadqiqotchilikka quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi
TAYANCH DOKTORANTURA:
(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)
07.00.03 | Jahon tarixi | 2 o‘rin |
07.00.05 | Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi | 2 o‘rin |
07.00.07 | Etnografiya, etnologiya va antropologiya | 1 o‘rin |
07.00.08 | Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari | 2 o‘rin |
08.00.01 | Iqtisodiyot nazariyasi | 1 o‘rin |
08.00.09 | Jahon iqtisodiyoti | 3 o‘rin |
09.00.03 | Falsafa tarixi | 1 o‘rin |
10.00.05 | Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti | 10 o‘rin |
10.00.06 | Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik | 10 o‘rin |
10.00.10 | Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik | 2 o‘rin |
23.00.02 | Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar | 3 o‘rin |
23.00.04 | Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari | 3 o‘rin |
DOKTORANTURA: | ||
08.00.09 | Jahon iqtisodiyoti | 1 o‘rin |
STAJOR-TADQIQOTCHI: | ||
07.00.03 | Jahon tarixi | 1 o‘rin |
07.00.08 | Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari | 1 o‘rin |
08.00.09 | Jahon iqtisodiyoti | 1 o‘rin |
23.00.04 | Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari | 1 o‘rin |
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga talabgorlar hujjatlarni Phd.mininnovation.uz portali orqali taqdim etishlari lozim:
- Ariza;
- Ma’lumotnoma;
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi, fan nomzodi (falsafa doktori) yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- Ilmiy jurnallarda va nashrlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar hamda tezislar nusxasi;
- Yetakchi olimlardan birining uni ilmiy rahbar sifatida belgilash yuzasidan yozma roziligi (tadqiqot mavzusi ko‘rsatilgan holda);
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Qabul imtihonlari ro‘yxati:
- Mutaxassislik
Fanning tegishli yo‘nalishi bo‘yicha fan nomzodi (falsafa doktori) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan talabgor kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi.
SHUNINGDEK, YUQORIDA ZIKR ETILGAN IXTISOSLIKLAR BO‘YICHA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA (ISHLAB CHIQARISHDAN AJRALMAGAN HOLDA O‘QISH UCHUN) QABUL E’LON QILADI.
Hujjatlar 2023-yil 15–sentabrdan 15–oktabrgacha qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 20-uy.
Ma’lumot uchun telefon: (8-371) 233-45-21