TDSHU TSXIM instituti direktori G’ulomjon Arifjanov XXRning Shimoli-G‘arbiy universitetida ma’ruza o’qidi
TDSHU TSXIM instituti direktori G’ulomjon Arifjanov XXRning Shimoli-G‘arbiy universitetining Mintaqashunoslik va mamlakatshunoslik instituti ustoz va talabalariga “O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida turizmning o‘rni (Xitoy misolida)” mavzusida ma’ruza qildi.
Unda universitet vitse-prezidenti, professor Fan Daydi va institut direktori, professor Xan Chjibin ham ishtirok etdilar. Tashrif davomida Rishton kulolchilik maktabi hunarmandlari mahsuli universitet vitse-prezidentiga topshirildi. Shuningdek, institutlar o‘rtasida ilmiy sohada o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish haqida kelishib oldilar.