Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU TTJda universitet Xotin-qizlar kengashi tomonidan talabalar uchun “Oilaviy munosabatlar, ajrim va uni keltirib chiqaruvchi omillar, baxtli oila sirlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

17.10.2022, 13:45 Yangiliklar 1132

16-oktabr kuni TTJda universitet Xotin-qizlar kengashi tomonidan talabalar uchun “Oilaviy munosabatlar, ajrim va uni keltirib chiqaruvchi omillar, baxtli oila sirlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda o‘z maʼruzasi bilan Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati, Mirobod tuman FHDYO bo‘limi mudiri Gulbahor Kulmatova ishtirok etib, talabalarga hozirgi paytda ajrimlar statistikasi, uning sabablari haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, suhbat davomida yoshlar orasidagi o‘zaro munosabat, oilada qaynona kelin, er-xotin munosabatlarida ajrim holatlari aniq, hayotiy voqealar misollar orqali yoritib berildi. Savol-javob, qizg‘in bahs-munozarali davra suhbati talabalarga manzur bo‘ldi

TDSHU Talabalar turar joyiga Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Gulbahor Kulmatovaning tashrif buyurib, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona, kompyuter xonasi, oshxonalar, kiyim-kechak yuvish xonalari, shuningdek talabalarning yashash tarzi bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat G.Kulmatovaga universitet Xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Zaynutdinova, turkshunoslik va koreyashunoslik fakulteti Xotin-qizlar kengashi raislari M.Habibullayeva va L.Alimovalar hamrohlik qilishdi.
Deputat G.Kulmatova universitet tomonidan talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ijobiy baholab, kelgusida TTJ-TDSHU oralig‘idagi yo‘nalishga qishki mavsumda transport vositasini joriy qilishda amaliy ko‘mak berish masalasini ilgari surdi.
Shu bilan birga talabalarning taʼlim olishlarida lozim bo‘lgan boshqa sharoitlarga ko‘maklashish istagini bildirdi.

photo_2022-10-17_13-43-55 photo_2022-10-17_13-44-03