TDSHU Turizm ishchi guruhi tomonidan Farg’ona viloyatidagi maktablarda turizm obyektlariga oid seminar va treninglar o’tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 6-maydagi 01-16-237-sonli topshirig‘i, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023-yildagi PQ-135-son va 18.07.2024-yildagi PQ-269-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarning turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha 2025-yilgi turizm mavsumiga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi izchil amalga oshirilmoqda.
Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti PhD Bobir Odilov boshchiligidagi Turizm ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi turizm obyektlariga oid tarixiy, madaniy va ilmiy asoslangan ma’lumotlar to‘planib, ularning salohiyatini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, hududda turizm xizmatlari sifatini oshirishga doir amaliy choralar sifatida mehmonxona sohasi va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi mutaxassislar uchun qisqa muddatli kurslar, seminar va treninglar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati, turizm infratuzilmasi boshqaruvi, hududning tarixiy-madaniy merosidan samarali foydalanish, xalqaro turizm standartlari bo‘yicha bilimlar yetkazildi.



