TDSHU Turkshunoslik fakultetida Turkiya Respublikasi Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2022-yil 13-dekabr kuni TDSHU Turkshunoslik fakultetida Turkiya Respublikasi Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Turkiya Respublikasi Xorijlik turklar va qavm jamiyati (YTB) idorasi vakillari tomonidan TDSHUning Turkshunoslik fakultetining yuqori kurs talabalari, magistrantlar, tadqiqotchilar, yosh o‘qituvchilariga Turkiyada tahsil olish tartibi va Turkiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan xalqaro stipendiya dasturlari (Turkiya Burslari), Turkiya oliy taʼlim muassasalarining grantlari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mehmonlar tomonidan talabalarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.