Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU ustozlari Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi maktablarda

29.11.2025, 16:50 Yangiliklar 93

TDSHUning Tashqi iqtisodiy faoliyat, Iqtisodiyot va menejment va Turizm kafedrasi ustozlari O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasining 2025-yil 13-fevraldagi 03-RA/1-2208/5-sonli qarorida belgilangan “Yoshlar o‘rtasida ilm-fanni ommalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-martdagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanidagi 3, 6 va 7-maktablarda yuqori va bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Yig’ilganlarga universitetimiz haqida ma’lumot berish bilan ularni qiziqtirgan barcha savollariga javob berib, kelajakda yurtimiz ravnaqiga o’hissalarini qo’shishlari uchun mavjud ta’lim yo’nalishlariga kirishlarini tavsiya etildi.
Suhbat jarayonida maktab rahbariyatlari bilan davomiy uchrashuvlar o‘tkazilib, maktablar va universitet o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.