Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU va Buyuk Britaniyaning Warwick universiteti o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yilmoqda

14.05.2025, 12:27 Yangiliklar 449

2025-yil 14- may kuni TDSHU rektori professor Gulchehra Rixsiyeva hamda G‘arb tillari kafedrasi mudiri dotsent Saodat Saidakbarova Warwick universitetiga tashrif buyurib, Applied Linguistics fakulteti, SELCS (School of Education, Language and Culture Studies) rahbari hamda professorlari bilan uchrashdilar.

photo_2025-05-15_11-57-58

Warwick universiteti yuqori salohiyati bilan QS Wold reytingida 69-o’rinda turadi.

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda akademik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar:

Ingliz tili o‘qituvchilari uchun yangi metodikalar, sun’iy intellektni o‘quv jarayoniga tadbiq etish bo‘yicha onlayn seminarlar tashkil qilish;

Soha yo‘nalishlariga ixtisoslashgan ingliz tili (ESP) darslarini tashkil etish;

Ingliz tili orqali madaniyatlararo muloqotni kuchaytirishga qaratilgan seminarlar va tajriba almashinuvi;

Yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish;

Ilmiy ishlar va dissertatsiyalar yuzasidan ilmiy rahbarlik va maslahat almashinuvi;

TDSHU talabalari uchun Warwick universitetida yozgi maktab va qisqa muddatli amaliyot kurslarini tashkil etish;

photo_2025-05-15_11-57-51

TDSHU bitiruvchilari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali magistratura va doktorantura bosqichlarida o‘qish imkoniyatlarini targ‘ib qilish va bu borada seminarlar o‘tkazish.

Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash va yangi loyihalarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

photo_2025-05-15_11-58-01