TDSHU va Gyeongkuk universiteti o‘rtasida yangi bosqichdagi hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Koreyaga safar doirasida TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva Gyeongkuk universiteti prezidenti Chung Tai Joo bilan uchrashib, o’zaro hamkorlik yuzasidan muhokama o’tkazdi. Ikki universitet o’rtasida bitim yangilandi. Hamkorlikning turli yo’nalishlaridan tashqari TDSHUda yaratilishi rejalashtirilayotgan markaz faoliyatini tashkil etish bo’yicha muzokara bo’lib o’tdi. Yaqin muddatda shartnomaga ko’ra Gyonsonbugdo provinsiyasi va Gyeongkuk universiteti granti asosida TDSHUda Koreys tili bo’yicha yangi markaz o’z faoliyatini boshlashi ko’zda tutilgan.



