TDSHU va Marmara universiteti: Yangi bosqichdagi hamkorlik
2025 yilning 8 aprel kuni TDSHU Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i N.Imamova Turkiyaning Marmara universitetiga tashrif buyurdi. Universitetda Turkshunoslik instituti direktori Prof. Dr. Okan Yesilot hamda Erasmus loyihalari bo‘yicha koordinatori Shahin Laysan Ilgizovna bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda TDSHU hamda Marmara universitetlari o‘rtasida Evropa Ittifoqining Erasmus+ xalqaro kredit mobilligi dasturlarini amalga oshrish haqida muhokama o‘tkazildi. Uchrashuv so‘nggida yangi o‘quv yilidan boshlab, mazkur loyihani amalga oshirishga kelishib olindi.