TDSHU va Tokio chet tillar universiteti hamkorligida akademik almashinuv

#BRM_4 #ЦУР_4 #SDG_4
#BRM_17 #ЦУР_17 #SDG_17
2025-yil 11-mart sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Yaponiyaning Tokio chet tillar universiteti Markaziy Osiyo mutaxassisligi kafedrasining 21 nafar vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolaridan – Tokio chet tillar universiteti Markaziy Osiyo mutaxassisligi kafedrasi boshlig’i, professor Shimada Shizuo Yaponshunoslik oliy maktabida “Yaponiya milliy teatri – kabuki” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzadan so’ng, TDShU va Tokio chet tillari universiteti hamkorligida 11-14-mart kunlarida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan o’quv-ilmiy stajirovka tabdirlari doirasidagi dastlabki, talabalarining o’quv-ilmiy hamda akademik uchrashuvi o’tkazildi.
Mazkur tadbirlar ikki universitet o‘rtasidagi akademik almashinuv va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik munosabatlarining yanada yangi pog’onalarga ko’tarilishiga xizmat qiladi.