TDSHU va Tokio chet tillari universiteti talabalari o‘rtasida o‘quv, ilmiy‐amaliy muloqot loyihasi amalga oshirildi
2024- yil 12-15- mart kunlari Ta’lim turizmi dasturi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Tokio chet tillari universiteti talabalari o‘rtasida o‘quv, ilmiy‐amaliy muloqot loyihasi amalga oshirildi.
Ushbu loyiha davomida ikki universitet talabalari “O‘zbekistonda yapon tilini o‘qitish tizimi”, “Til vaziyati”, “Iqtisod”, “Arxitektura” kabi mavzularda kuzatishlar olib bordilar.
Loyiha so‘ngida xulosa va natijalar taqdimot ko‘rinishida taqdim etildi.
O‘quv, ilmiy-amaliy muloqot orqali yapon va o‘zbek talabalari ikki davlat tili va madaniyatini chuqurroq o‘rganishga va fikr almashishga muvaffaq bo‘ldilar.