TDSHU va TTJda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko’zdan kechirildi
2025-yil 5-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Nazokat Abduqunduzova universitet va TTJda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. U o‘quv binolari, issiqlik tizimlari, yotoqxona xonalaridagi sharoitlar va xavfsizlik choralarini ko‘zdan kechirdi.





