Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU va Varshava universitetining Sharqshunoslik fakulteti bilan yangi xalqaro hamkorlik boshlanmoqda!

22.04.2025, 11:35 Yangiliklar 486

Varshava universiteti (1816-yilda asos solingan) – Polshaning eng qadimiy va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, dunyo reytinglarida doimo yuqori o‘rinlarni egallaydi (QS bo‘yicha 258-o‘rinda). Universitet sharqshunoslik sohasida kuchli maktabga ega. Bu hamkorlik TDSHU talabalari va o‘qituvchilari uchun yangi imkoniyatlar – akademik almashuv, birgalikdagi loyihalar va zamonaviy ta’lim usullarini rivojlantirish yo‘lini ochib beradi. Ushbu hamkorlik natijasida ikki mamlakatning madaniyatlari va ilmiy izlanishlari o‘rtasidagi ko‘prik yanada mustahkamlanadi!

photo_2025-04-23_08-28-09

Bularning barchasi universitetimiz rahbariyatining Polshaga tashrifi doirasida yangi hamkorlar bilan muhokama qilindi.

photo_2025-04-23_08-28-10

Shuningdek, o’zbekistonlik oliy talim tashkilotlari rahbarlari Varshava texnologiyalar universitetida ham bo’lib, xalqarolashuv va transformatsiya bo’yicha taqdimotlar bilan tanishdi.

photo_2025-04-23_08-25-24