Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU va Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim muloqoti o’tkazildi

23.04.2025, 11:39 Yangiliklar 625

2025-yil 23-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro ta’lim muloqoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir o‘quv jarayonini optimallashtirish, strategik rivojlantirish va transformatsiya qilishga qaratildi.

IMG_00012

Unda universitet faoliyatini modernizatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Asosiy e’tibor ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratildi. Xitoy oliygohlari bilan akademik almashuv, qo‘shma dasturlar va ilmiy loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

IMG_00013

Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha zamonaviy o‘quv dasturlari muhokama qilindi. Ta’lim sifatini oshirish va talabalari ko‘p bo‘lgan universitetlarni boshqarish tajribalari bilan o‘rtoqlashildi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ta’lim eksportini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

IMG_000112

Tadbir doirasida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash yo‘llari muhokama qilindi. Ushbu muloqot TDShU xalqaro nufuzini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

IMG_000111

IMG_00017

IMG_000116

IMG_00018

IMG_00019

IMG_000110

IMG_000113

IMG_000114

IMG_000115

IMG_00016

IMG_00015