Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU va XXR Shimoli-G‘arbiy universiteti ilmiy hamkorlik doirasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi

26.03.2025, 17:14 Yangiliklar 121

2025-yil 26 – mart kuni TDSHU va XXRning Shimoli-G‘arbiy universiteti “Ipak yo‘li” ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlik doirasida “Xitoy Markaziy Osiyo sammiti va Xitoy-O‘zbekiston aloqalarining yangi jabhalarini o‘rganish” hamda “Xitoydagi tarixiy manbalarda Markaziy Osiyo davlatlari – O‘zbekistonga oid ma’lumotlarni tadqiqi”ga oid ilmiy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha onlayn ilmiy uchrashuv tashkil etildi.

L79A63782

Mazkur uchrashuvda XXRning Shimoli-G‘arbiy universitetidan “Ipak yo‘li” ilmiy tadqiqot markazi hamda TDSHU prorektori Durbek Sayfullayev boshchiligida Xitoydan 10 nafar mutaxassis va TDSHU Xitoyshunoslik oliy maktabi hamda Tarix fakulteti mutaxassislari ishtirok etdilar.

L79A63783