TDSHU vakillar xalqaro forumda
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan hamkorligida 2025-yilning 10-sentabr kuni «O’zbekiston va Germaniya muzeyshunosligi: tarix, amaliy tajriba, istiqbolli taraqqiyot masalalari» mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.
Mazkur konferensiyada Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston va Qirg’iziston mamlakatlaridan hamda Respublikamizning taniqli tajribali mutaxassislari ma’ruzachi sifatida ishtirok etishdi
Shuningdek, konferensiyada TDSHU tarixshunos olimlaridan DSc, dotsent I.Xaydarov va t.f.n., dotsent R.Alimovalar ma’ruzalari bilan hamda universitetning tarixshunos ustozlari va tayanch doktortantlari faol qatnashishdi.


