Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU vakillari Boysun tumaniga tashrif buyurdi

12.08.2025, 12:03 Yangiliklar 461

TDSHU “Turizm” kafedrasi mudiri Chori Xusanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 apreldagi PQ-135-son “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2024 yil 18 iyuldagi PQ-269-sonli “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq universitetga biriktirilgan Boysun tumanining turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida xizmat safari bilan Boysun tumaniga yetib keldi.

TDSHU “Turizm” kafedrasi mudiri Chori Xusanov universitetga biriktirilgan Boysun tumanining turistlik salohiyatini oshirish bo‘yicha 2025 -yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati Boysun tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga tashrif buyurdi. Bo‘lim boshlig‘i O. Saodatov va bo‘lim tarbiyaviy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis Sh. Ashurov bilan birgalikda tumanning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida tumandagi umumta’lim maktablari va kasb-hunar muassasalari ro‘yxati shakllantirildi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.

2025-yil 11-avgust kuni TDSHU “Turizm” kafedrasi mudiri Chori Xusanov tomonidan madaniy-ma’rifiy meros sifatida jahon miqyosida katta ahamiyatga ega bo‘lgan Boysun mintaqasiga xos bo‘lgan xalq og‘zaki ijodiyoti namunalarini o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida “Boysun” folklor etnografik xalq jamoasi vakillari bilan suhbat uyushtirildi.