TDSHU vakillari Dehlidagi Tagor xalqaro maktabiga tashrif buyurdi
Hindistonning Javaharlal Neru universitetida malaka oshirish kursida ishtirok etayotgan Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi katta oʻqituvchisi Maktuba Murtozaxodjayeva va stajor-oʻqituvchi Nodira Saidnazarova malaka oshirish kursi doirasida Dehlidagi Tagor xalqaro maktabiga tashrif buyurishdi va yangicha oʻqitish texnologiyalari asosida nashr etilgan hindiy tilidagi oʻquv adabiyotlari bilan tanishdilar hamda hindiy tili oʻqituvchilari bilan oʻquv adabiyotlari va darsliklar yaratish boʻyicha fikr almashdilar. Hindiy tili darsini kuzatib, zamonaviy pedogogik texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish boʻyicha tajriba oshirdilar.


