Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU vakillari Oxford universitetida

18.05.2025, 12:39 Yangiliklar 404

#SDG4

17-may kuni TDSHU vakillari Buyuk Britaniyadagi nufuzli Oksford universitetiga tashrif buyurdilar.

•Tashrif doirasida delegatsiya New College professori Dr Alexander Morrison hamda dotsent Jaimee Skipstock bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida TDSHU va Oksford universiteti o‘rtasida tarix va tarixshunoslik sohalarida ilmiy hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

photo_2025-05-18_14-12-24

•Tomonlar qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy almashinuvlar hamda yosh olimlar uchun metodik seminarlar o‘tkazish borasida o‘zaro manfaatli rejalarni belgilab oldilar. Xususan, Dr. Alexander Morrison tomonidan TDSHUning tarix yo‘nalishidagi professor-o‘qituvchilari uchun onlayn ma’ruza tashkil etilishi haqida kelishuvga erishildi.

photo_2025-05-18_14-13-03

•G.Rixsiyeva Oksford universitetida fors tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni TDSHUda stajirovka o‘tash va yozgi maktablarga yuborish taklifini kiritdi. Shuningdek, Oksford universitetida tarix yo‘nalishidagi talabalariga o‘zbek tilini o‘qitish masalalari ham muhokama qilindi.