TDSHU vakillari “O‘zbekiston-Polsha OTM Rektorlari II Forumi”da ishtirok etmoqda
2025-yil 23–24-aprel kunlari Varshava universitetida Polsha va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari II Forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur anjumanda 100 dan ortiq ishtirokchilar — OTMlar, vazirliklar hamda ilmiy tashkilot vakillari qatnashmoqda.
Forumning birinchi kunida TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva moderator sifatida ishtirok etdi. Anjumanda Polsha va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim, fan va innovatsiya yo‘nalishlaridagi strategik hamkorlik, qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik almashinuv va grant loyihalari keng muhokama qilindi.
Shuningdek, TDSHU delegatsiyasi va Varshava universiteti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.



