TDSHU vakillari Polshaning Adam Mitskevich universitetida
2026 yil 21-fevral kuni TDSHU delegatsiyasi Polshaning Adam Mitskevich universiteti taklifiga binoan universitetning Sharqshunoslik instituti direktori va professorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ikki universitet o’rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuv so’nggida Adam Mitskevich universiteti rahbariyati tomonidan TDSHU delegatsiyasi a’zolariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

