Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU vakillari Qatardagi xalqaro ilmiy konferensiyada

27.04.2025, 11:51 Yangiliklar 285

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori s.f.d., prof. N.A. Abdullayev hamda TDSHUning “Arabshunoslik” oliy maktabi professorlari f.f.d. Sh. G‘. Shomusarov va f.f.d. H. A. Yuldasheva 2025-yil 26–27-aprel kunlari Qatarning Doha shahrida sharqshunoslik bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etmoqda.

5

Qatar Ta’lim vazirligi, Munozaralar markazi hamda Qatar universiteti tomonidan birinchi marta Doha shahrida “Muvozanatli sivilizatsion muloqot sari” mavzusida tashkil etilayotgan ushbu anjumanda TDSHU professorlari O‘zbekistonda sharqshunoslik sohasining rivojlanishi, jumladan, arabshunoslik yo‘nalishida kadrlarni tayyorlash va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish borasidagi ishlar yuzasidan ma’ruzalar qildilar.

4

Ushbu xalqaro ilmiy anjuman doirasida TDSHU vakillari – o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor s.f.d., prof. N.A. Abdullayev hamda arabshunos olimlar f.f.d., prof. Sh. G‘. Shomusarov va f.f.d., dots. H. A. Yuldasheva Qatar Ta’lim vaziri Lulwa bint Roshid al-Xater, Qatar universitetining Arab tilini o‘qitish markazi direktori Alaa Ibrohim hamda Islom hamkorlik tashkilotining sobiq bosh kotibi Akmaliddin Ehson o‘g‘li bilan uchrashdilar.

6

2

3

9