Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU vakillari Rossiya Federatsiyasi Altay o‘lkasining Barnaul shahrida bo‘lib o‘tayotgan “IV Xalqaro Oltoy forumi”da ishtirok etmoqda

16.09.2025, 10:04 Yangiliklar 340

2025-yil 14–17-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Altay o‘lkasining Barnaul shahrida bo‘lib o‘tayotgan “IV Xalqaro Oltoy forumi”da rektor Gulchehra Rixsiyeva boshchiligidagi TDSHU vakillari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

Forumning birinchi kunida “Летопись тюркской цивилизации. Том 2. Тюркский мир в XIII–XVII вв.” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, rektorlar ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, unda Markaziy Osiyo universitetlari va Altay universiteti o‘rtasida turkologiyani rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro akademik mobillikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi va takliflar ilgari surildi.