Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU vakillari “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasida ishtirok etdi

23.05.2025, 11:01 Yangiliklar 441

2025-yil 23-may kuni Toshkent shahridagi “Zakovat” arenasida O‘zbekiston Milliy banki (“O‘zmilliybank” AJ) hamkorligida “TalabaExpo-2025” nomli kasbiy ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Ushbu yirik tadbir oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi talabalari uchun yurtimizdagi yetakchi ish beruvchi tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.

photo_2025-05-23_11-09-02

Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari ham faol ishtirok etdilar. Ko‘rgazma doirasida talaba-yoshlar o‘z startap g‘oyalari bilan ishtirok etish, kasbiy ko‘nikma va bilimlarini namoyon etish, shuningdek, malakali mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish hamda kelgusida ishga joylashish bo‘yicha tarmoq tuzish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

photo_2025-05-23_11-09-03

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

photo_2025-05-23_11-09-00

“TalabaExpo-2025” nafaqat mehnat bozoridagi imkoniyatlarni o‘rganish, balki yosh mutaxassislar va ish beruvchilar o‘rtasida samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun ham muhim maydonga aylandi.