TDSHU vakillari “Turkiy tilli davlatlar yetakchi ayollari” xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi
2025-yil 23-may kuni Toshkent shahrida “Turkiy tilli davlatlar yetakchi ayollari” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli anjumanda TDSHU vakillari ham ishtirok etdi. Tadbirda TDSHU rektori so‘zga chiqib, konferensiya ishtirokchilarini qutladi hamda ayollarning jamiyatdagi roli, ta’lim, fan va madaniyatdagi hissasi haqida nutq so‘zladi.
Konferensiya davomida ayol yetakchilarning tajribalari almashildi, hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.



