TDSHU vakillari Turkiyada o‘tkazilayotgan Temuriylarga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda
2025-yil 24-aprel kuni Turkiyaning Izmir shahrida yetakchi temurshunos mutaxassislar ishtirokida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Ege universiteti, Turkiy davlatlar tashkiloti hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamkorligida “Temuriylar davrida til, adabiyot, tarix va madaniyat rivoji” mavzusida xalqaro anjuman oʻtkazildi.
Mazkur anjumanda TDSHU rektori G.Rixsiyeva boshchiligidagi universitet prorektorlari hamda temurshunos professor-oʻqituvchilardan iborat delegatsiya ishtirok etdi.
Turkiyaning Ege univetsitetida oʻtkazilayotgan “Temuriylar davrida til, adabiyot, tarix va madaniyat rivoji” mavzusidagi xalqaro anjumani kunning ikkinchi qismida sho’balarda davom etdi.
Shoʻbalarda dunyoning yetakchi temurshunos olimlari, professorlari oʻzlarining ilmiy izlanishlari asosida oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, mazkur anjuman doirasida hamkor Temuriylar tarixi davlat muzeyi tomonidan “Temuriylar tarixi davlat muzeyi durdonlari” mavzusida fotokoʻrgazma tashkil etilib, anjuman ishtirokchilari va talabalarga havola etildi.














