TDSHU vakillari Turkiyaning Ege universitetiga tashrif buyurdi
2025-yil 24-aprel kuni TDSHU vakillari Turkiyaning Ege universiteti rektori professor Necdet Budak hamda professor Mehmet Ersan bilan uchrashdi. Ushbu tashrif davomida universitetlar o‘rtasida ilmiy va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuvda qoʻshma talim dasturi loyihalari, hamkorlikda ilmiy amaliy konferensiyalarni tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

