Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU vakillari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

17.04.2025, 15:11 Yangiliklar 323

2025-yil 17-aprel kuni TDSHU rektori, professor G.Rixsiyeva va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori D.Sayfullayev “Vakillik hokimiyati organlari tizimini modernizatsiya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy muammolari: Oʻzbekiston uchun xalqaro tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdilar.

photo_2025-04-17_16-22-10

Yig’ilishda yangi tahrirdagi Konstitutsiya sharoitida parlament va mahalliy xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari yuzasidan mahalliy va xorijiy mutaxassislar o‘zaro fikr almashdilar.

photo_2025-04-17_16-22-12

Shuningdek anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston bugungi kunda xalqaro hamjamiyatda samarali, inklyuziv va shaffof davlat hokimiyati tizimini barpo etishga qaratilgan demokratik islohotlar mamlakati sifatida tan olinayotganini ta’kidlab o’tdilar.

photo_2025-04-17_16-22-04