TDSHU vakillari xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi

#SDG4, #SDG10
2025-yil 13-mart kuni Toshkentdagi Westminster xalqaro universitetida “Markaziy Osiyoda inklyuziv til o‘qitish: imkoniyatlar, tajribalar va muammolar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalqaro tashkilotlar, universitet vakillari va ekspertlar ishtirok etdi.
Mazkur konferensiyada TDSHU vakillari ham ishtirok etdilar. Ular inklyuziv ta’lim tamoyillarini oliy ta’lim tizimiga tatbiq etish, talabalar uchun teng imkoniyatlar yaratish va universitetda gender tenglik hamda til ta’limidagi inklyuzivlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.