TDSHU vakillari XXR xalqaro anjumanida ishtirok etmoqda
2025-yil 22-sentabr kuni XXRning Dunxuan shahrida “8-Silk Road (Dunhuang) International Cultural Expo” tadbirlari doirasida tashkil etilgan “The 10th Anniversary and the 2025 Annual Forum of the University Alliance of Belt & Road” nomli xalqaro Forumda TDSHU vakillari ishtirok etmoqda. Tadbirning yalpi majlisida TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva ma’ruza qildi.
Forum doirasida Belt and Road University Alyansining ta’lim sohasidagi hamkorligi uchun taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva Lanchjou universitetining “Bir kamar va yo‘l” ta’lim sohasidagi hamkorlik uchun eng yaxshi hamkor mukofoti topshirildi.



