Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU WURI reytingida ilk bor TOP-400 talikda

15.07.2025, 14:51 Yangiliklar 928

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ketma-ket ikkinchi yil WURI (World University Rankings for Innovation) xalqaro reytingida ishtirok etib kelmoqda.

2025-yilda ushbu reytingda 87 ta davlatdan 1253 ta universitet umumiy hisobda 4866 ta innovatsion loyiha bilan qatnashdi. Ushbu nufuzli reytingda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ilk bor dunyoning eng innovatsion 400 universiteti qatoridan joy oldi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha esa, universitet quyidagi yutuqlarga erishdi:

  • Tadbirkorlik ruhi (Entrepreneurial Spirit, A4) bo‘yicha – 74-o‘rin,
  • Talabalarni qo‘llab-quvvatlash va jalb etish (Student Support and Engagement, A1) bo‘yicha – 82-o‘rin.

Bu natijalar universitetning innovatsion rivojlanish, talabalar faolligini rag‘batlantirish va turizm bo‘yicha tadbirkorlik muhitini shakllantirish yo‘nalishlaridagi izchil sa’y-harakatlari samarasi hisoblanadi.