TDSHU yangi o’quv binosining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbirning avvali 2022-2023 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalarining talabalikka bag‘ishlovi bilan boshlandi. Unda talabalar o‘z qasamyodlarini qabul qildilar va ularga berilgan bu imkoniyatdan to‘laqonli foydalanib kelajakda tanlagan sohalarining yetuk mutaxassisi bo‘lishni va’da berdilar.
Yangi 2022-2023 o’quv yili Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi va talabalari uchun quvonchli boshlandi. Xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4680-son qaroriga ko‘ra davlat dasturi asosida qurilgan TDSHU ning koreyashunoslik va xitoyshunoslik fakultetlari yangi o’quv binosining 2022-yil 24-sentabr kuni ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ochilish marosimida O’zbekiston Respublika Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va yuqori tashkilot vakillari, ko’plab oliy ta’lim muassasalari rektorlari, faxriy ustozlar va talabalar ishtirok etishdi.
Ochilish marosimida so’zga chiqqanlar sharqshunoslik sohasida qilinayotgan ishlar universitet jamoasi va talabalarining yutuqlari haqida fikr bildirib, yangi o’quv binosi bilan qizg’in tabriklab o’tishdi.