Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Ta’zim sizga, sharqshunos-ustozlar” nomli ma’rifiy-musiqiy tadbir o’tkazildi

30.09.2025, 15:56 Yangiliklar 472

2025-yil 30-sentabr kuni TDSHUda 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Ta’zim sizga, sharqshunos-ustozlar” nomli ma’rifiy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning sharafli mehnati e’zozlandi, ularning yoshlarga bo‘lgan mehr-muhabbati, sabr-toqati va fidoyiligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, talabalar tomonidan badiiy chiqishlar, she’r va qo‘shiqlar ijro etildi, ustozlarga bag‘ishlangan videolavhalar namoyish qilindi.
Ustoz va murabbiylarga universitet rahbariyati tomonidan samimiy tabriklar, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir barcha ishtirokchilarga bayramona ruh va iliq taassurotlar ulashdi.