TDSHUda 16-xalqaro ilmiy anjuman o’tkazildi

#SDG4 #SDG17
#xalqaro_hamkorlik
2025-yil 17-mart kuni TDSHUda «Kunchiqar izlanishlari: o‘zgarishlar davri global muammolari yechimida yaponshunoslikdagi nazariy va amaliy yondashuvlar» mavzusida 16-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Yaponiyaning Tsukuba universiteti tashabbusi bilan 16-marta o‘tkazilgan ushbu konferensiya ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning 20 yilligiga bag‘ishlanganligi bilan ahamiyatlidir.
Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston, Yaponiya va boshqa davlatlarning 10 ta oliy ta’lim muassasalaridan 25 nafar yetakchi olimlar va ilmiy tadqiqotchilar ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Konferensiya davomida O‘zbekiston va Yaponiyaning tilshunoslik, madaniyat, tarix, siyosat, tarjimashunoslik va adabiyotshunoslik sohalari, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganishdagi innovatsion usullar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadi O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, yaponshunoslik sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, innovatsiyalar va ta’lim sohasida tajriba almashish, shuningdek, fanlararo tadqiqotlarda yangi ilmiy yondashuvlarni taklif qilish hamda xalqaro miqyosda yangi ilmiy loyihalar bo‘yicha amaliy takliflar kiritishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandilar