Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda 2025-2026 o‘quv yili uchun nomdor stipendiyalar tanlovining test sinovlari bo‘lib o‘tdi

30.06.2025, 14:17 Yangiliklar 1544

2025-yil 30-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2025-2026 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat (Navoiy, Islom Karimov, Bobur) stipendiyalari tanlovining O’zbekiston tarixi va Ingliz tili fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda universitetning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli, tashabbuskor va yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega talabalar ishtirok etdilar.

Test jarayonlari adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha zarur tashkiliy ishlar amalga oshirildi.