TDSHUda “Adabiyotda madaniy-ma’rifiy qadriyatlarning in’ikosi” mavzusida anjumani bo’lib o’tdi
2025-yil 18-sentabr kuni TDSHUda Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi hamda Javoharla’l Neru universiteti hamkorligida “Adabiyotda madaniy-ma’rifiy qadriyatlarning in’ikosi” mavzusidagi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.Anjumanda Hindiston, Pokiston va O‘zbekistonning taniqli olimlari, adabiyot va madaniyat namoyandalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Hindiston madaniy aloqalarni rivojlantirish kengashi raisi o‘rinbosari Mr. Abhay Kumar hamda Javoharla’l Neru universiteti olimi professor Koja Ikromuddin Hind adabiyoti va madaniyatidagi qadriyatlarning safarnomalarda ifodalanishi haqida ma’ruza qildi.
Shuningdek, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Risolat Haydarova, TDSHU professori Shorustam Shomusarov ham o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Shu bilan birga,TDSHU prorektori professor Qudratilla Omonov “Temur tuzuklari”da Turon davlatining boshqaruv qonunlari haqida ma’ruza qildi. Dehli universiteti professori Chander Shekhar esa Hindiston va O‘zbekiston adabiy aloqalari ildizlari haqida so‘z yuritdi.















