TDSHUda akademik Azamat Ziyo bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
2024-yil 22-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida sharqshunos olim, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Olim o‘z nutqida bugungi kunda davlat rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, talabalarga o‘zining ilmiy faoliyati, erishgan yutuqlari, ustozlaridan olgan hayotiy saboqlari hamda sharqshunoslik ilmi va ilm-fan rivojidagi dolzarb masalalar bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
Tadbir yakunida TDSHU rahbariyati tomonidan Azamat Ziyoga universitet nomidan minnatdorchilik bildirildi.