Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi

09.02.2026, 16:48 Yangiliklar 277

2026-yil 9-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” mavzusida V xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli ilmiy anjuman Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.
Simpozium doirasida dastlab Milliy bog‘dagi Alisher Navoiy haykaliga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng tadbirning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Tadbir davomida “Navoiy izdoshlari” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi hamda so‘zga chiqqan mehmonlar buyuk mutafakkir ijodining jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr bildirdilar.
Simpozium doirasida sho‘ba yig‘ilishlari tashkil etildi. Unda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Pokiston va boshqa davlatlardan kelgan olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Mazkur xalqaro anjuman Alisher Navoiy merosini chuqur o‘rganish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.