Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Alloma Iqbol she’riyatida o‘zaro totuvlik va bag‘rikenglikka chorlov” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

18.11.2025, 19:29 Yangiliklar 208

2025-yil 18-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida sharqning buyuk shoiri va faylasufi Alloma Muhammad Iqbol tavallud kuni munosabati bilan “Alloma Iqbol she’riyatida o‘zaro totuvlik va bag‘rikenglikka chorlov”
nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.


Tadbirda Iqbol merosining bugungi globallashuv jarayonidagi ahamiyati, uning g‘oyalari — o‘zaro totuvlik, diniy bag‘rikenglik va ma’rifat ruhini singdiruvchi fikrlari haqida keng fikr-mulohazalar bildirildi.
Universitet professor-o‘qituvchilari, magistrant va talabalari Alloma Iqbolning turli davrlarda yozilgan she’rlari, falsafiy qarashlariga bag‘ishlangan asarlaridan namunalar taqdim etdilar.

Shuningdek, tadbirda Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ahmad Faruq janoblari ishtirok etib universitetning hamkorlikda amalga oshirayotgan loyiha va tashabbuslarini, yoshlarning sifatli ta’lim olishida yaratilgan imkoniyatlar va talabalarimizning yutuqlariga to’xtalib bu jarayonlar zamirida mamlakatimizda Muxtaram Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlarning samarasi ekanini takidlab o’tdi.