TDSHUda «Alp Er To‘nga avlodlari – Qoraxoniylar: Turkiy dunyo va Islom olami Qoraxoniylar davrida» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
2025-yil 16 – oktabr kuni TDSHUda «Alp Er To‘nga avlodlari – Qoraxoniylar: Turkiy dunyo va Islom olami Qoraxoniylar davrida» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Mazkur nufuzli ilmiy anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, Toshkent xalqaro universiteti hamda O‘zbekiston milliy media birlashmasi hamkorligida tashkil etildi.
Konferensiyada TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, TURKSOY bosh kotibi Sulton Raev, Turkiy akademiya prezidenti Shahin Mustafayev, O‘zbekiston milliy media birlashmasi rahbari Sherzodxon Qudratxo‘ja, shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarmoq institutlari rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, Turkiy universitetlar ittifoqiga a’zo 50 dan ortiq universitet rahbarlari hamda 100 dan ortiq tarixchi, sharqshunos, turkolog, filolog va adabiyotshunos olimlar ishtirok etdi.
Dastur doirasida quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha sessiyalar tashkil etildi:
• Qoraxoniylar davri tarixi, davlatchiligi va boshqaruvi;
• Qoraxoniylar davrida ilm-fan va madaniyat;
• Turkiy islom madaniyatining shakllanishida Qoraxoniylarning o‘rni;
• Qoraxoniylar davrida til va adabiyot;
• Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarini o‘rganishning dolzarb masalalari.
Bundan tashqari, konferensiya doirasida «Tabarruk ziyorat loyihasini rivojlantirish va Alp Er To‘nga merosi» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.













































