TDSHUda amaliy seminar tashkil etildi

#Vazirlik_topshirig’i_ijrosi
#amaliy_seminar
2025-yil 5-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida oliy ta’lim tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi nazorati va monitoringi, devonxona faoliyati hamda ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida seminar trening tashkil etildi.
Mazkur seminarda “Oliy ta’lim muassasalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomini oshirish” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilib, oliy ta’lim tashkilotlarining devonxona mudirlari, ijro intizomi hamda murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi.