Barqaror taraqqiyot: inklyuziv ta’lim va xotin-qizlar tashabbuslari

2025-yil 15-fevral kuni TDSHUda “Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “Barqaror taraqqiyot: inklyuziv ta’lim va xotin-qizlar tashabbuslari” V xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi, xotin-qizlarning ilm-fandagi ishtirokini kengaytirish, inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish hamda gender tengligi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Forumni TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva ochib berdi. Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, BMT Aholishunoslik Jamg‘armasining O‘zbekistondagi doimiy vakili Nigina Abaszade, O’zbekiston Volontyorlari Assotsiatsiyasi rahbari Shirin Abidova, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xotin-qizlar maslalari bo’yicha bo’lim boshlig’i Umida Abdullayeva, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi raisi Malika Qodirxonava, O’zbekistondagi Britaniya kengashi direktori Denise Waddingham o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Forum doirasida nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va “Sharqshunos lider qizlar klubi” a’zolarining ijodiy ishlari va qo‘l mehnatlari ko‘rgazmasi ham bo’lib o’tdi.