Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda «Oʻzmilliybank» AJ vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

30.10.2025, 16:54 Yangiliklar 364

Uchrashuv doirasida yosh avlodda moliyaviy savodxonlikni oshirish, ularda o‘z mablag‘larini yaratish, undan oqilona foydalanish hamda jamg‘arish va tejamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo’yicha talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir davomida bank vakillari tomonidan talabalarga «Oʻzmilliybank» AJ da amaliyot va stajirovka o’tash hamda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash trtibi tanishtirildi. Shuningdek, “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan talabalarga biznes g‘oyani moliyalashtirish tartibi va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida faol talabalar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.