TDSHUda “Dengiz va quruqlik raqsi: Choy ifori Ipak yo’li” nomli Xitoy–O‘zbekiston do‘stlik badiiy kechasi bo’lib o’tdi
2025-yil 23-may kuni “Dengiz va quruqlik raqsi: Choy ifori Ipak yo’li” nomli Xitoy–O‘zbekiston do‘stlik badiiy kechasi bo’lib o’tdi. Ushbu madaniy tadbir Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi, Futszyan provinsiyasi Madaniyat va turizm boshqarmasi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda “Ipak yo‘lida bahor to‘lqini” nomli qo‘shiq va raqs dasturlari namoyish etildi.
Futszyan va O‘zbekiston san’atkorlari o‘z chiqishlari orqali Ipak yo‘li madaniy aloqalarini jonlantirishdi. “Asal” bolalar guruhi, “Navbahor” raqs jamoasi hamda Ushu assotsiatsiyasi sportchilari o‘z mahoratlarini namoyon qilishdi. Choy, ushu, xalq kuy va raqslari uyg‘unligi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir talabalar va yoshlar ongida madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, ijodiy hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.








