TDSHUda “Diplomatika va uning O‘zbekistondagi istiqboli” mavzusidagi ilmiy seminar
2022-yilning 14-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakultetining Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlik doirasida ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminarda t.f.d. O‘.A.Sultonovning “Diplomatika va uning O‘zbekistondagi istiqboli” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Unda diplomatikaning yuzaga kelishi, diplomatiyaning fan sifatida shakllanish jarayoni, diplomatikaning diplomatiyadan farqli jihatlari haqida so‘z bordi.
Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javoblarni oldilar.