TDSHUda «El-yurt umidi» jamg‘armasi faoliyati to‘g‘risida taqdimot bo‘lib o‘tdi
2021-yil 10-dekabrda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi faoliyati to‘g‘risida taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda jamg‘armaning mas’ul xodimlari Sh. Muhammadjonov va M. Sodiqov o‘zlarining ma‘ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirda TDSHU talabalari va xodimlarining jamgʼarma ko‘magida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida magistratura va doktorantura dasturlarida qatnashish imkoniyati bo‘yicha savollar muhokama qilindi. Talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
*Taqdimot havolada
TDSHU Matbuot xizmati